Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning eng boy ayol tadbirkorlaridan biri aviahalokatda halok bo‘ldi
Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi egalaridan biri Natalya Fileva va uning otasi Germaniyada aviahalokatda halok bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati ma'lum qildi.
“2019 yil 31 mart kuni Epic-LT xususiy samolyotining “Egelsbax” aeroportiga (Frankfurt-Mayn) qo‘nishi vaqtida S7 Airlines aksiyadori Fileva Natalya Valerevna halok bo‘ldi. Fojia tafsilotlari hozircha noma'lum”, deb aytilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, Fileva va uning otasi Germaniyaga davolanishga ketayotgan bo‘lganlar. Samolyot uchuvchisi ham halok bo‘lgan.
Aviahalokat tergovi bilan xalqaro komissiya rossiyalik mutaxassislar ishtirokida shug‘ullanadi.
Rosaviatsiyadagi manbaning ma'lum qilishicha, samolyot “Globus” aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Natalya Fileva S7 guruhi direktorlar kengashi raisi lavozimini egallagan. U 2018 yilda Forbes nashri talqini bo‘yicha eng boy rossiyalik tadbirkorlar reytingiga kirgan. Uning boyligi 600 mln dollarga baholangan.
Mavzuga oid
22:49 / 12.03.2025
Farg‘ona aeroportida Rossiya samolyotining g‘ildiragi chiqib ketdi
18:40 / 22.08.2024
Farg‘onadan Novosibirskka aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
15:59 / 25.03.2023
S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda
11:20 / 08.12.2021