Jahon | 18:46 / 01.04.2019
8995
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni qasddan zaharladi

Foto: STR/AFP/Getty Images

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi bog‘cha tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarni qasddan nitrit moddasi bilan zaharlashi oqibatida 23 nafar bola jabrlandi. Bu haqda "Sinszin bao" gazetasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, voqea Tszyaotszo shahar okrugida yuz bergan. Bog‘cha tarbiyalanuvchilari ko‘ngil aynish va hushdan ketish sabablari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu belgilar ular ovqat iste'mol qilishganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Jami 23 nafar bola zaharlangan.

Ma'lum bo‘lishicha, tarbiyachi ularning ovqatiga azot kislotasi tuzini qo‘shgan. Politsiya uni hibsga olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid