Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kokorin va Mamayev qamoqda qoladigan bo‘ldi
Moskva shahrining Presnya sudi «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin, uning ukasi Kirill Kokorin, «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy ustidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha mahkama o‘tkazdi.
Unda tergovchilarning iltimosnomasiga ko‘ra, ayblanuvchilarning hibsdagi muddatini cho‘zish masalasi ko‘rildi. Sud iltimosnomani qondirib, hibs muddatini yana 6 oyga uzaytirdi. Endi ayblanuvchilar 25 sentyabrga qadar tergov izolyatorida qolishadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil oktabr oyida aka-uka Kokorinlar, Mamayev va Protasovitskiy Moskva shahridagi bir necha mushtlashuvlarda ishtirok etishgani uchun 8 dekabrga qadar hibsga olingan edi. Keyinchalik, tergov ishlari yakunlanmagani uchun hibs muddati 2 marta - 8 fevralga va 8 aprelga qadar uzaytirilgandi.
Mavzuga oid
01:16 / 22.01.2020
Yana Kokorin. «Sochi» uni ijaraga olganini e'lon qildi, hujumchining o‘zi va Semak bu xabardan hayron
22:10 / 28.09.2019
Qamoqdan chiqqan Mamayev «Rostov» bilan shartnoma imzoladi
11:47 / 17.09.2019
Video: Aleksandr Kokorin va Pavel Mamayev ozodlikka chiqishdi
12:16 / 06.09.2019