Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Mercedes-Benz’ning ilk zavodi ochildi
Moskva viloyatida yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi yangi korxona “Moskoviya” o‘z faoliyatini Rossiya bozori uchun Mercedes-Benz E-Class sedanini ishlab chiqarish bilan boshladi. Keyinroq krossoverlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Zavodga sarmoyalar 250 mln yevroga yaqinni tashkil qilgan. Korxona mingga yaqin mutaxassisni ish bilan ta'minlaydi.
Mercedes-Benz’da zavod 4-sanoat inqilobiga xos yechimlar asosida qurilganidan faxrlanishlari aytilgan. Jumladan, bu yerda avtomobillar kuzovlari sexlar orasida haydovchisiz tashuvchilar yordamida harakatlanadi, qog‘ozsiz hujjat yuritish, ekologik toza elektr yuklagichlar, lak-bo‘yoq qoplamasida suvda eruvchi materiallarning qo‘llanishi yo‘lga qo‘yilgan.
“Yesipovo” sanoat parkida joylashgan zavod 2 yildan kamroq vaqt ichida qurib bitkazilgan.
Konveyyerga birinchi bo‘lib E-Class sedani qo‘yilgan. Kompaniyada bu holat ushbu modelga talab kattaligi bilan tushuntirilgan.
Zavodning ochilishida Rossiya prezident Vladimir Putin ishtirok etgan. Putinning o‘z nutqida ta'kidlab o‘tishicha, zavodda yiliga 4 ta modifikatsiyada 25 mingta mashina ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
13:52 / 15.06.2024
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi
14:58 / 26.05.2024
Mitsubishi Fuso’dan BharatBenz’gacha – Mercedes-Benz yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi nechta kompaniyaga egalik qiladi?
18:27 / 10.02.2024
Toshkentda Mercedes-Benz qarzdorlik sabab auksionda sotiladi
17:56 / 18.11.2023