Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Qamashining olis Langarota qishlog‘ini sel bosdi
4 aprel kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining tog‘li hududlarida kuchli sel toshqini kuzatilgan.
Kun.uz manbasi bergan xabarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida tog‘lar orasida joylashgan Langarota qishlog‘ida bir qator turar-joylar va binolarga zarar yetgan.

Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q. Ammo sel ta'sirida qishloqning markaziy ko‘chasi va yon atrofdagi uylar loy va tosh massasi bilan to‘lib ketgan.
Langarota qishlog‘iga olib o‘tuvchi ko‘prik ham sel ta'sirida qulab tushgan.

Bu qishloq go‘zal tabiati, tog‘ cho‘qqisidagi «Langarota» ziyoratgohi bilan mashhur. Mashhur mushaf Qur'oni uzoq yillar shu ziyoratgohda saqlangan. Ma'lumotlarga ko‘ra, sel oqibatida ziyoratgohga zarar yetmagan.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
16:51 / 27.05.2025
Zominda sel avtomobil yo‘lini qum-tosh bilan yopdi
12:00 / 16.05.2025
17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi
17:10 / 25.04.2025