O‘zbekiston | 16:00 / 05.04.2019
35902
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk marotaba Davlat xavfsizlik xizmati kuni nishonlanmoqda 

O‘zbekistonda bugun, 5 aprel kuni Davlat xavfsizlik xizmati kuni nishonlanmoqda.

2018 yil 5 aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan, 2018 yilning 2 oktyabrida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq 5 aprel Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilangandi. 

DXX (ilgari – MXX) – mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
 
Idoraning asosiy funksiyalari, vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari prezidentning 14.03.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5379-son farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan.  

Prezidentning 2018 yil 14 martdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilgan.

2019 yilning 11 fevralidan buyon general-leytenant Abdusalom Azizov O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga raislik qilib kelmoqda.

Mavzuga oid