Uy egasining kelin va kuyovlari qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 32-moddasining (Mulkdor oila a'zolarining, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning huquq va majburiyatlari) ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“Turar joy mulkdorining oila a'zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsa, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a'zolari deb tan olinishi mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qismning oldingi tahriri quyidagicha edi:
“Turar joy mulkdorining oila a'zolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy yashayotgan oilali farzandlari, agar ilgari bu huquqqa ega bo‘lmagan bo‘lsalar, faqat o‘zaro kelishuvga binoan mulkdorning oila a'zosi deb tan olinishlari mumkin”.
Mavzuga oid
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024