Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. «Yuventus» irodali tarzda «Milan»ni yengdi
Italiya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Yuventus» o‘z maydonida «Milan» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
39-daqiqada himoyachilar xatosidan foydalangan Pyontek gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada Dibala penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. O‘yin oxirida «Yuventus» g‘alabani ilib ketishga erishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Ken gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 84 ochko bilan 1-o‘rinda, «Milan» esa 52 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
A Seriya, 31-tur
Yuventus – Milan 2:1 (0:1, 2:0)
6 aprel, «Alyans Stedium»
Gollar: 0:1 – 39 Pyontek, 1:1 – 60, penalti Dibala, 2:1 – 84 Ken.
Yuventus – Shchensni, Rugani, Bonuchchi, De Shilo, Aleks Sandro, Bentankur, Spinatssola (Pyanich, 61), Jan (Xedira, 25), Bernardeski, Manjukich, Dibala (Ken, 66).
Milan – Reyna, Kalabriya (Kutrone, 84), Romanoli, Musakko, Rodriges, Kessie, Chalxanoglu, Borini, Bakayoko, Suso (Kastilexo, 76), Pyontek.
Ogohlantirishlar: Bernardeski (41), Musakko (59), Chalxanoglu (77), Manjukich (86).
Mavzuga oid
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024