G7 davlatlari Rossiyani ukrainalik dengizchilarni ozod qilishga chaqirdi
G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari Moskvani 2018 yil noyabrida Kerch bo‘g‘ozida chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilarni ozod qilishga chaqirishdi. Bu haqda "yettilik"ka a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Dinar shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakuniy kommyunikesida aytiladi.
"Biz Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozi va yondosh akvatoriyalarda Ukrainaga qarshi keskinlikni kuchaytirgan harakatlaridan qattiq tashvishdamiz. Biz Rossiyadan hibsga olingan ekipaj va kemalarni ozod qilishini hamda Kerch bo‘g‘ozi orqali kemalar o‘tishiga to‘sqinlik qilmasligini so‘raymiz", - deyiladi kommyunikeda.
"Yettilik" qatnashchilarining fikricha, "iqtisodiy sanksiyalarning davomiyligi Rossiya tomonidan Minsk kelishuvi bo‘yicha olingan barcha majburiyatlarga rioya qilinishiga bog‘liq".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada tashqi ishlar vazirligi Kerch bo‘g‘ozida Ukraina kemalarining ushlanishi va Qrim sababli Rossiyaning 114 fuqarosi va 15 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritgandi.
Mavzuga oid
18:13 / 28.11.2024
Rossiyada 21 ming migrantni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar qo‘lga olindi
16:08 / 28.11.2024
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
13:10 / 28.11.2024
Rossiya ARD'ning ikki jurnalistini mamlakatdan chiqarib yuboryapti
11:31 / 28.11.2024