Ikki bolamdan ayrildim, uchinchisi og‘ir kasal
Saytimizga saxovatli insonlardan yordam so‘rab keluvchilar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Afsus qilarli tomoni muhtoj insonlarning ko‘pligi bo‘lsa, yaxshi tarafi ularga yordam qo‘lini cho‘zayotgan bag‘rikeng kishilarning ham ko‘pligi, ehtiyojmandlarni murakkab vaziyatdan chiqarib olayotganlaridir.
Tahririyatimizga bolasini ko‘tarib kelgan navbatdagi murojaatchining ko‘zlarida hayotga muhabbat aks etadi, uzluksiz qiyinchiliklar, farzandining joni uchun hadikka qaramay xushchaqchaqlikni yo‘qotmagan Matluba Mashrabova Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidan.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
O‘g‘lini qo‘lidan hech qo‘ymaydigan opani suhbatga tortamiz:
– Farzandim Botirov Abrorjon uch yoshga kirayapti. Ammo yoshligidan dardamand bola bo‘ldi va juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Arzimas sabab bilan ham ko‘karib qolardi. Tekshirtirganimizda yuragida nuqson borligini aniqlashdi. Buyam bir sinov ekan-da, hozir fikru-xayolimda operatsiya uchun zarur 30 million so‘mni to‘plab, yurak porogidan bolamni qutqarish. Dard kelsa qo‘sha-qo‘sha kelar ekan-da... O‘g‘limda talvasa sindromi ham bor, yana bir taraflama churrasini operatsiya qildirgandik, hozir ikkinchi tarafidayam chov churrasi aniqlandi, uniyam qildirish kerak.
Otasi oddiy nonvoy, o‘zimizning uy-joyimiz yo‘q. Topganimiz bolani davolatishdan ortmayapti. Biror joyda yiqilib ko‘karib qolishidan qo‘rqib, tengdoshlari bilan ham o‘ynatmayman, hamisha yonimga olib yuraman. Bolam og‘riqlar ta'siridami, boshqa sabab bilanmi, hali gapirmaydi. Men ham o‘g‘limning o‘ynab kulishini, ulg‘ayib, saxovatpesha inson bo‘lib yetishishini, o‘zimiz kabilarga yordam berishini juda istayman. Shu paytgacha ham ikki farzandim nobud bo‘lgan, o‘g‘limni ham yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqaman...
Inson bu hayotda faqat ezgu ishlari bilan yaxshi nom qoldiradi. Ko‘pchilikning yordami har qanday murakkab masalani yechishi mumkin. Azizlar, Abrorjon va onasiga yordam beraylik. Imkoni borlar moddiy ko‘magi bilan, yo‘qlar duolari bilan go‘dakning dardiga shifo so‘raylik. Zero sizga qilingan murojaatlarning birortasi bee'tibor qolmagan.
Onasi Matluba Mashrabova nomiga ochilgan karta:
XALQ BANKI, Click /PayMe: 8600 0609 1432 5916
MFO: 00773
INN: 200 458129
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 300000 773001
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 0000 00773001
Naqd pul topshirganda: 2311 6000 500000773001
Omonat hisob raqamidan: H/r 2020 6000 2000 00773606
Telefon raqami: +99891 1661027, +99891 1661028
Abror Zohidov tayyorladi.
Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!
Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024