Prezident eksport topshiriqlari bajarilmagan hududlar rahbarlarini tanqid qildi
Prezident yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor davomida eksport rejalari bo‘yicha topshiriqlarni bajarishda ortda qolgan tumanlarni tanqid qildi.
«Meva-sabzovot yetishtirishga ixtisoslashgan 8ta tuman - Ohangaron, Yangiyo‘l, Farg‘ona, Uchko‘prik, G‘allaorol, Yangiobod, Nukus va Chortoq tumanlarida eksport infratuzilmasi to‘liq shakllantirilmagani oqibatida prognoz 16 million dollarga kam bajarildi.
Otajonov (prezident maslahatchisi Nodir Otajonov), investitsiya va tashqi savdo vazirligi hamda hududlar bilan birgalikda ikki hafta davomida chuqur tahlil o‘tkazib, qaysi eksport mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha qanday ustunlik jihatlarimiz borligi, ulardan to‘g‘ri foydalanish, qayerda qanday mahsulotlar yetishtirib, nimani qayerga eksport qilish mumkinligi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqing», degan prezident.
Prezident yuqorida sanalgan 8ta tumandagi rahbarlarni ishdan olish bo‘yicha takliflar tayyorlashga ko‘rsatma bergan.
Shuningdek, Prezident Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev va Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorovga vaziyatni o‘nglash bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Ma'lumot uchun, Yangiyo‘l tumanini 2017 yilning iyulidan buyon Abduqahhor Abdusattorovich To‘xtaboyev, Ohangaron tumanini 2017 yilning iyulidan buyon O‘ktam Tursunov boshqarib kelmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
21:40 / 02.10.2024