Jahon | 00:46 / 06.04.2019
13583
2 daqiqa o‘qiladi

Xaftar armiyasi Tripoli aeroporti ustidan nazoratni qo‘lga oldi

Foto: REUTERS / Hani Amara

Liviyaning marshal Halifa Xaftar boshchiligidagi milliy armiyasi Tripoli aeroporti ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Bu haqda qo‘mondonlikka yaqin manba ma'lum qilgan.

Manbaning ma'lum qilishicha, hududda janglar davom etmoqda.

Tripoli xalqaro aeroporti poytaxt Tripolidan 34 km uzoqlikda joylashgan. U 2014 yildan beri faoliyat yuritmaydi. O‘shanda janglar oqibatida aeroport binosi qisman yonib ketgan, uchish-qo‘nish yo‘lagiga snaryadlardan zarar yetgan. Hozirda poytaxt aeroporti vazifasini Mitiga harbiy aerodromi bajarmoqda.

Armiyaning rasmiy vakili Ahmad al-Mismariyning ta'kidlashicha, qo‘shinlar poytaxtga turli yo‘nalishlar bo‘yicha bostirmoqda, biroq hali poytaxtga kirmagan. 

U poytaxtni egallash bo‘yicha operatsiya yakunlanishi sanasini u o‘tayotgan sharoitlarni hisobga olib ayta olmasligini, biroq qo‘shinlar oldiga qo‘yilgan barcha vazifalarni bajarayotganini tasdiqlagan. 4 aprelda marshal Xaftar o‘z kuchlariga Tripolini terrorchilardan ozod qilish uchun poytaxtga hujum boshlashni buyurgan.

OAVda ta'kidlanishicha, armiya bo‘linmalari poytaxtdan janubdagi Garyan va Surman shaharlari ustidan nazorat o‘rnatgan. 

O‘z navbatida Tripolidagi milliy kelishuv hukumati rahbari Fayoz Sarroj zarurat holatida kuch qo‘llashni buyurgan.

Mavzuga oid