Jahon | 16:22 / 07.04.2019
13970
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Liviyadagi qo‘shinlarini boshqa joyga ko‘chirdi

Foto: AP

AQSh qurolli kuchlarining Afrikadagi qo‘mondonligi Liviyadagi qo‘shinlarini xavfsizlik maqsadida vaqtincha ko‘chirishga qaror qildi. Bu haqda qo‘mondonlikning rasmiy Twitter sahifasida xabar berildi.

"AQSh qurolli kuchlari kontingenti xavfsizlik sharoiti yomonlashgani bois Liviyadan vaqtincha ko‘chirildi. Biz joylardagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz va vaziyatdan kelib chiqib AQSh harbiylarini qaytarish imkoniyatini baholaymiz", - deyiladi qo‘mondonlik xabarida.

Payshanba kuni Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni marshal Xalifa Haftar o‘z kuchlariga Tripoliga hujum boshlashni buyurdi. Xabarlarga ko‘ra, Haftar qo‘shinlari Tripoli janubi g‘arbidagi bir nechta hudud hamda Tripoli xalqaro aeroportini jangsiz qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, Garyan shahri meri shahar Haftar armiyasi tomonidan jangsiz ishg‘ol etilganini ma'lum qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid