Jahon | 14:20 / 07.04.2019
8898
1 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey Brexit «boy berilishi» mumkinligi haqida ogohlantirdi

Foto: Peter Nicholls / Reuters

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit «qo‘ldan chiqib ketishi» mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Mey shanba kuni deputatlarga Yevroittifoq bilan kelishuvni qo‘llab-quvvatlash chaqirig‘i bilan murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya hukumati og‘ir tanlov qarshisida qolgan: YeIdan kelishuv bilan chiqish yoki Brexit’dan voz kechish.

Uning ta'kidlashicha, Bryussel bilan kelishuvni tasdiqlash qanchalik cho‘zilsa, Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish imkoniyati shunchalik kamayadi.

5 aprel kuni Mey Brexit muddatini kechiktirishni so‘ragani xabar qilingandi

Buyuk Britaniya YeIdan rasman 2019 yil 29 mart kuni chiqishi kerak edi. Ammo britaniyalik siyosatchilar mamlakat Yevroittifoqdan qachon va qanday chiqishi borasida kelisha olmadilar.

Mavzuga oid