Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya Venesuelaga bostirib kirishda ishtirok etishi mumkinligi aytildi
Venesuelaga harbiy bostirib kirish holatida Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru parlament bilan harbiy harakatlarda ishtirok etish masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
Bolsonaru jurnalistlarning savollariga javob berish vaqtida Venesuelaning “yangi Kuba yoki Shimoliy Koreyaga aylanishining” oldini olish lozimligini ta'kidlab o‘tgan.
Bundan tashqari, Bolsonaruning ta'kidlashicha, hozir Braziliya AQSh bilan birga Venesuela armiyasida nifoq solish bo‘yicha ishlar olib bormoqda.
Shu bilan birga Braziliya yetakchisining aytishicha, agar Venesuela prezidenti Nikolas Maduro uchinchi davlatlar yordamida chetlatilsa, mamlakatda partizanlik urushi avj olishi mumkin.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025