Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Bangladesh tadbirkorlari O‘zbekistonning ikki viloyatida bo‘lishdi
Farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, logistika, tekstil va boshqa sohalar bo‘yicha Hindiston va Bangladesh delegatsiyalari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Hindistondagi O‘zbekiston elchixonasi matbuot xizmatidan Kun.uz'ga xabar berilishicha, xorijiy tadbirkorlar guruhi 5-6 aprel kunlari - Namangan viloyatida, 7-8 aprel kunlari Andijon viloyatida bo‘lishdi. Xususan, tashrif davomida xorijiy ishbilarmonlar Namangan va Andijon viloyatlari hokimlari bilan samarali muzokaralar olib borishdi. Shuningdek, delegatsiya a'zolari viloyatlardagi sanoat korxonalarini ko‘zdan kechirishdi va u yerlarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Namangan viloyatida zamonaviy gospital qurilishi hamda to‘qimachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir kelishuvga erishildi.
Andijon viloyatida "Andijon-farm" O‘zbekiston-Hindiston erkin iqtisodiy zonasini yaratishga oid qo‘shma loyihalarning hozirgi holati va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.
Hindiston va Bangladesh tadbirkorlarining O‘zbekistonga tashrifi davom etmoqda. Ta'kidlash joizki, bir necha kundan so‘ng hindistonlik boshqa ishbilarmonlar guruhining Andijon va Namangan viloyatlariga tashrifi ham kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025