Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB xodimiga bolta bilan tashlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi
2019 yil 14 mart kuni Buxoro shahar M.Avfiy ko‘chasidagi uyda yashovchi fuqaro Sh.N.da tabiiy gazdan foydalanganligi uchun 1 mln. 639 ming so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgan.
MIB xabariga ko‘ra, u ushbu qarzdorlikni to‘lamaslik maqsadida xonadonini qarzdorligi belgilangan me'yordan yuqori bo‘lganligi uchun gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish uchun kelgan Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo‘limi xodimlariga xizmat vazifalarini bajarilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs qo‘lidagi bolta bilan ularga tashlanib, sha'ni va qadr-qimmatini kamsitib, nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025