Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda chaqaloq 100 dollarga sotildi
Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshirishda, Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi R.X., fuqaro Z.E.ning chaqalog‘ini fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tug‘ruq haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 100 AQSh dollari evaziga sotib yuborilgan 01.04.2019 yilda tug‘ilgan qiz bola go‘yoki «o‘ldi» deb xabar berilgan, bu haqda hech qanday ma'lumot qayd etmasdan, u fuqaro S.M. nomiga rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi
07:42 / 02.05.2025
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum
09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
16:48 / 28.03.2025