Sport | 01:05 / 10.04.2019
11316
3 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Lokomotiv» Jiddada 90+4-daqiqada penaltidan gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi

Osiyo Chempionlar Ligasi «B» guruhidan o‘rin olgan «Al-Ittihod» hamda «Lokomotiv» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Unda Saudiya klubi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limida hisob ochilmagan o‘yinning ikkinchi qichmida beshta gol urildi. «Ittihod» 48 va 49-daqiqalarda ikkita gol o‘tkazib yuborib, vaziyatini qiyinlashtirib qo‘ydi. Gollarning biri penaltidan urilgan bo‘lsa, ikkinchisida «temiryo‘lchilar» xatoga yo‘l qo‘yib, golni «sovg‘a qilishdi».

Biroq Andrey Fyodorov zaxiradan ikkita futbolchini maydonga tushirib, vaziyatni yaxshiladi. 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushganiga 1 daqiqa bo‘lgan Jamshid Iskanderov farqni qisqartirdi. 82-daqiqada esa yana bir zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Filip Rayevats hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha vaqtlarda «Lokomotiv» yana bitta gol o‘tkazib yubordi. Hakam 90+4-daqiqada Yovan Jokichning qo‘polligi sabab raqib darvozasiga penalti belgiladi va Fahad al-Muvallad dublga erishib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu mag‘lubiyatdan so‘ng «Lokomotiv» hisobidagi ochkolar soni 3 taligicha qoldi va «temiryo‘lchilar» guruhda 4-o‘ringa tushib ketishdi.

OChL-2019
«V» guruhi. 3-tur

«Al-Ittihod» - «Lokomotiv» 3:2
Jidda, «Qirol Fahd» stadioni.
Gollar: Nosir al-Shamroni (48, pen.), Fahad al-Muvallad (49, 90+4, pen.)  Jamshid Iskanderov (70), Rayyevats (82).
Al-Ittihod: Assaf al-Qorniy, Abdulloh al-Umar, Yosin Barnavi, Ziyad al-Sahafi, Metyu Yurman, Abdurahmon al-G‘amdi (Fahad al-Muvallad, 33), Seku Sanogo, Holid al-Samiri, Nosir al-Shamroni, Abdulaziz al-Bishi, Essam al-Muvallad.
Lokomotiv: Javohir Ilyosov, Oleg Zoteyev, Igor Yyelich, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev (Davron Hoshimov, 52), Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov, 69), Yovan Jokich, Arslanmurod Omonov, Sardor Mirzayev, Husniddin G‘ofurov, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayevats, 74).

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid