Sport | 10:28 / 11.04.2019
13837
2 daqiqa o‘qiladi

De Ligt Ronalduning futbolchi sifatidagi eng yaxshi xislatini aytdi

Foto: Getty Images

«Ayaks» himoyachisi Matteys de Ligt YeChL chorak finali doirasidagi «Yuventus»ga qarshi ilk o‘yin (1:1) taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yinning boshidanoq stadionda o‘ta qizg‘in muhit hukmron edi. O‘yin boshida gol urish uchun bir nechta yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi, lekin tanaffusga ozgina qolganda gol o‘tkazib yubordik.

Ronalduning iste'dodidan tashqari eng yaxshi xislati – u maydonda haqiqiy yirtqichga aylana olishida. U gol urish uchun jimitdekkina imkoniyatni ham ko‘ra oladi va bundan foydalanib qoladi. U to‘p bilan bir necha futbolchining orasiga yorib kirishdan qo‘rqmaydi.

Bugun biz chorak finalga tasodif tufayli kelib qolmaganimizni isbotladik», – degan de Ligtning so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.

Eslatib o‘tamiz, javob o‘yini Turinda, 16 aprel – seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid