Sport | 11:39 / 16.04.2019
11378
2 daqiqa o‘qiladi

Pele ikki haftalik muolajalardan so‘ng uyiga qaytdi

Foto: Twitter/IjobaSpors1

Uch karra jahon chempioni Pele San-Pauludagi gospitaldan chiqib, uyiga qaytdi.

Braziliya matbuotining ma'lum qilishicha, 14 aprel kuni 78 yoshli sobiq futbolchining buyragidagi tosh operatsiya yo‘li bilan olib tashlangan. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan va bemorga uyiga ruxsat berilgan.

Futbol qiroli Albert Eynshteyn nomidagi shifoxonaga o‘tgan seshanba kuni, Fransiyadan qaytib kelganidan so‘ng yotqizilgandi. U Parijda ham bir hafta kasalxonada bo‘ldi, bu kunlar davomida hamyurti Neymar va uning «PSJ»dagi jamoadoshi Kilian Mbappe bilan uchrashdi.

Ma'lumot uchun, ushbu holat Pelening sog‘ligi bilan bog‘liq keyingi yillardagi muammolarning dastlabkisi emas. U 2014 yil noyabr oyida peshob yo‘llarining jiddiy infeksiyasi oqibatida reanimatsiyaga yotqizilgan edi. Pele 2016 yili Rio-de-Janeyroda o‘tgan Olimpiada mash'alasini yoqa olmagan, JCh-2018ga qur'a tashlash marosimiga esa nogironlar aravachasida kelgandi.

Mavzuga oid