Sport | 02:08 / 17.04.2019
25406
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. Safarda "Yuventus"ni mag‘lub etgan "Ayaks" yarimfinalga chiqdi

Foto: Getty Images

"Yuventus" Chempionlar ligasi chorakfinal javob o‘yini doirasida o‘z maydonida "Ayaks"ni qabul qildi. 

Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

28-daqiqada Ronaldu maydon egalarini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib, van de Bek oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gol 67-daqiqada de Ligt tomonidan kiritildi. 

Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi. Shu tariqa, "Ayaks" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarimfinalga chiqdi. 

Yuventus – Ayaks 1:2

Gollar: 1:0 – 28 Ronaldu, 1:1 – 34 van de Bek, 1:2 – 67 de Ligt.
Yuventus – Shchensny, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo (Joau Kanselu, 64), Bonuchchi, Jan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Bentankur, 80), Ronaldu, Dibala (Kin, 46).
Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Veltman, Mazraui (Sinkgraven, 11; Magalyan, 82), van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 88), Tadich, Shene, Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Jan (69), Ronaldu (90).

Ilk uchrashuv – 1:1

Mavzuga oid