O‘zbekiston | 14:02 / 18.04.2019
66338
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pensiya yoshini qayta ko‘rib chiqish taklif etildi

O‘zbekistonda pensiya yoshini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda, unga ko‘ra, pensiya yoshi fuqarolarning ish staji bilan bog‘lanadi. Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov 18 aprel kuni “Pensiya tizimi islohoti va xorijiy davlatlar tajribasi” xalqaro darajadagi konferensiyasi doirasida Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi.

“Bugungi konferensiyada muhokama qilinayotgan eng muhim masalalardan biri taklif etilayotgan yangi Konsepsiya loyihasida pensiya yoshini qayta ko‘rib chiqish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. O‘tgan yili Konsepsiyaning dastlabki variantida pensiya yoshini ayollar uchun – 58, erkaklar uchun esa 65 yoshga o‘zgartirish taklif etilgan edi. Biroq bu taklif ancha qarshiliklarga uchradi. Shu bois yangi Konsepsiya variantida biz boshqacha variantni muhokama uchun taklif qilyapmiz. Unga ko‘ra, pensiyaga chiqish yoshini fuqarolarning ish staji bilan bog‘lanadi. Ish staji qancha ko‘p bo‘lsa, pensiyaga shuncha erta chiqish imkoniga ega bo‘ladi”, - dedi vazir o‘rinbosari. 

 

Mavzuga oid