Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qimachilik sanoatida Turkiya texnologiyalari tatbiq qilinadi
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasida Turkiyaning «DEIK» Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashining Vugar Abbos boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uyushma matbuot xizmatidan Kun.uz'ga xabar berilishicha, unda Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan.

Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar davomida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda biznesni yuritish uchun shakllangan qulay muhit va xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlarga oid ma'lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuvda tomonlar Turkiya texnologiyalari yordamida O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish tizimini tatbiq qilish istiqbollarini muhokama qilishdi, zero to‘qimachilik materiallarini ishlab chiqarishda suvning ahamiyati katta.

Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalarini amalga oshirishda eng yangi Turkiya texnologiyalarini tatbiq qilishga oid kelishuvga erishishdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025