Qozog‘iston prezidentining virtual qabulxonasi ishga tushirildi
22 apreldan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning virtual qabulxonasi ishlay boshladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Berik Vali ma'lum qildi.
“Davlat rahbari har kuni turli manbalardan talaygina ma'lumotlar oladi. Prezident, shuningdek, yangi kommunikatsiya vositalari – internet-resurslar va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlaydi. Bugungi kunda axborot oqimi jadal ko‘paymoqda. Prezident qo‘lini dolzarb hodisalar pulsida ushlashga majbur. Shu sababli davlat siyosatining ustuvor vazifasi aholi bilan samarali teskari aloqa, jamiyat bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Qosim-Jomart Toqayev tvitterda akkaunt (@TokayevKZ) yuritadi, yaqinda esa instagramda sahifa (tokayev_online) ochdi, bu yerda odamlar o‘z izohlari, takliflari, munosabatlarini qoldiradilar. Ularda tizimliroq ishni talab qiluvchi qimmatli va muhim axborot saqlanadi. Shu sababli davlat rahbari odamlar rasmiy so‘rovlar bilan murojaat qila oladigan Prezident virtual qabulxonasini ochish topshirig‘ini berdi. Har bir murojaat prezident va uning topshirig‘i bilan ma'muriyat xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Virtual qabulxona, shubhasiz, davlat rahbariga eng o‘tkir ijtimoiy muammolarni ularni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida aniqlashda yordam beradi”, deb yozgan Vali Facebook’da.
Ayni vaqtda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Belarus, Ukraina va boshqa ko‘plab davlatlarda prezident virtual qabulxonalari bor. Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi 2016 yil sentyabrida ishga tushirilgan.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024