O‘zbekiston | 18:24 / 23.04.2019
5828
1 daqiqa o‘qiladi

TIV: Shri-Lankadagi qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan

Foto: REUTERS / Dinuka Liyanawatte

Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti axborot bilan chiqdi. Uning matni vazirlik saytida e'lon qilingan.

Axborotda aytilishicha, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra 2019 yil 21 aprel kuni Shri-Lankada sodir bo‘lgan qator portlashlar qurbonlari orasida hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan. 

Shuningdek, shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgan boshqa jasadlar mavjud, deyiladi axborotda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston elchixonasi Shri-Lankaning tegishli organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Bundan oldin, IShID 21 aprel kuni Shri-Lankada sodir etilgan va 320 nafardan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan davomli teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid