Sport | 22:03 / 24.04.2019
6996
1 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» himoyachisi Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Angliya professional futbolchilari uyushmasi (PFA) Premer-Ligada yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlab oldi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, nufuzli sovrinni «Liverpul» himoyachisi Virgil van Deyk oladi.

Liga futbolchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomada u Rahim Sterling, Serxio Aguero, Bernardu Silva (barchasi – «Man Siti»), Sado Mane («Liverpul») va Eden Azarni («Chelsi») ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Sovrinni topshirish marosimi 28 aprel kuni o‘tkaziladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid