Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tanishini 45 000 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida 2019 yil 18 aprel kuni tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda 2015 yil 1 iyun kuni Katta Mirobod ko‘chasida yashovchi R.K. uyi oldida tanishi F.K.ga birga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirgan va undan 45 000 AQSh dollarini olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida R.K. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025