Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Meksikaga qurollangan harbiylarni jo‘natishga qaror qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Meksika bilan chegaraga qurollangan harbiylarni jo‘nayotganini ma'lum qildi.
Tramp bu qarorni 13 aprelda Texas shtatidagi Klint shahri yaqinida meksikalik chegarachilarning ikki amerikalik askar bilan to‘qnashuvidan keyin qabul qildi. Ta'kidlanishicha, meksikalik chegarachilar amerikaliklarni chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishda gumon qilib, ulardan qurollarini tortib olib qo‘yganlar. AQSh mudofaa vazirligi va Chegara-bojxona xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, meksikalik askarlar o‘zlarini o‘z vatanlari hududida deb o‘ylashgan.
“Yaxshisi bunday holat boshqa qaytarilmagani ma'qul! Hozir biz chegaraga qurollangan harbiylarni yubormoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp. Uning fikricha, Meksika noqonuniy muhojirlarni ushlash va qaytarish uchun yetarlicha jonbozlik ko‘rsatmayapti.
Tramp, shuningdek, ushbu hodisa giyohvand moddalar tashuvchilari tomonidan amerikalik askarlarga nisbatan diversiya bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Tramp aprel boshida AQShga noqonuniy muhojirlar oqimi to‘xtamasa, Meksika bilan chegarani umuman yoki katta qismini yopishga va'da bergan. Uning aytishicha, Meksika sababli Vashington katta mablag‘ yo‘qotmoqda.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
15:15 / 17.05.2025
Ukrainaga halok bo‘lgan 909 harbiyning jasadi qaytarildi
14:23 / 17.05.2025