Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
76,1 mln so‘m aliment puli undirildi
Majburiy ijro byurosi Xovos tumani bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining qarzdor A.B.dan undiruvchi M.B.ning foydasiga 4 nafar farzandi uchun aliment undirish haqidagi ijro ishi bo‘yicha qarzdorga hisoblangan jami 76,1 mln. so‘m qarzdorlik to‘liq undirib berildi.
Sirdaryo viloyat MIB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, aliment undiruvi borasidagi ijro harakatlari olib borilishida taraflarning o‘zaro kelishuvi, hatto yarashuviga ham katta e'tibor berilgani o‘z samarasini bermoqda.
Sobiq er-xotinlarning to‘rt nafar farzand oldidagi burchlari va mas'uliyatlari, kelajakdagi orzu-umidlarining ushalishi borasidagi sa'y-harakatlar natijasida ushbu oila MIB tashabbusi bilan yarashtirilgan.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025