Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda er-xotin ko‘mir isidan zaharlanib vafot etdi
Joriy yil 24 aprelga o‘tar kechasi Toshkent viloyatining Angren shahrida Ko‘kterak mahallasida yashagan A.N. uyida isitish pechiga ko‘mir yoqib, uxlab qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, buning oqibatida o‘zi va rafiqasi O‘.N. ko‘mir isidan zaharlanib, voqea joyida vafot etganlar. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli vatandoshlar, isitish maqsadida ko‘mir-gaz va boshqa yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanganingizda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling!” - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi
20:12 / 05.03.2025