Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada yana portlash sodir bo‘ldi
Shri-Lanka poytaxti Kolombodan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Pugoda rayonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya vakili Ruvan Gunaskearga tayanib News 1st telekanali xabar qildi.
Hozircha halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q. Huquqni muhofaza qilish organlari mazkur hodisa bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.
21 aprel, yakshanba tongida, butun dunyodagi katoliklar Pasxa bayramini nishonlashayotgan vaqtda Shri-Lankadagi mehmonxonalar va katolik cherkovlarida davomli portlashlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar qurbonlari soni 359 nafarga yetgan, yana 520 kishi jarohatlangan.
IShID mazkur teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, ammo hujumlarga aloqadorligini tasdiqlovchi dalillarni keltirmadi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025