Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT vakili: Adolatli qonunlar tizimi jamiyat uchun juda muhim
Ayni damda poytaxtdagi UzExpo biznes markazida Tashkent Law Spring birinchi xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tmoqda.37 mamlakatdan mingdan ziyod huquq sohasi vakillarini o‘zaro muloqot uchun bir joyga jamlagan forum O‘zbekiston qonunchilik tizimidagi ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.
Xorijiy mehmonlar mazkur forum hamda O‘zbekistondagi yuridik salohiyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm:

– O‘zbekistonda qonun ustuvorligi hamda inson huquqlari himoyasiga so‘nggi yillarda katta e'tibor qaratilmoqda. Tashkent Law Spring forumining tashkil etilishi hamda Toshkent xalqaro arbitraj markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi bunga yorqin dalil bo‘la oladi. Forum davomida ekspertlar bildiradigan fikrlarning amaliyotga joriy qilinishi ijobiy natijalarga turtki bo‘ladi.
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Jon Makgregor:

– Adolatli qonunlar tizimi jamiyat uchun juda muhim. Iqtisodiy o‘sishning ta'minlanishi, o‘z biznesining xavfsizligi uchun ham insonlarning qonunlarga ehtiyoji mavjud. Huquq forumi ilk marotaba o‘tkazilayotganiga qaramay ko‘plab xalqaro ekspertlarni jamlay oldi. Bunday ko‘rinishdagi tajriba almashinuvi huquq tizimini yana bir yuqori bosqichga olib chiqadi. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bunday tadbirlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi.
Saudiya Arabistoni Adliya vaziri o‘rinbosari Yasir al-Asiyn:

– Ko‘plab tajribali va taniqli xalqaro ekspertlarning bir joyda jam bo‘lishi va o‘zaro fikr almashishi, albatta, ijobiy hodisa va bu samarali natijalar ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. Mazkur forum nafaqat O‘zbekiston uchun, balki jahon hamjamiyati uchun ham manfaatlidir. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni barcha sohalar bo‘yicha hamkorlik aloqalari rivojlanishi tarafdorimiz. Xususan, adliya sohasida ham aloqalarni mustahkamlashni istaymiz.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi
09:10 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi
10:20 / 12.09.2024