Sport | 08:51 / 26.04.2019
10540
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun o‘zbekistonlik besh bokschi Osiyo chempionligi uchun ringga chiqadi

Sanjar Tursunov/Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Bugun, 26 aprel kuni Bangkokda boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Erkaklar o‘rtasidagi 10ta jangdan 5tasi o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokida o‘tadi:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov (O‘zbekiston) - Dipak (Hindiston) 
-52 kg: In Kyu (Janubiy Koreya) - Amit (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston) - Kavinder Singx Bisht (Hindiston) 
-60 kg: Zakir Safiullin (Qozog‘iston) - Tsenbataar Erdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64 kg: Mustafa Alkasbeh (Iordaniya) - Bahodir Usmonov (Tojikiston)
-69 kg: Bobousmon Baturov (O‘zbekiston) - Sevonrets Okazava (Yaponiya) 
-75 kg: Tursunbay Kulaxmet (Qozog‘iston) - Ashish Kumar (Hindiston)
-81 kg: Bek Nurmaganbet (Qozog‘iston) - Jon Nobel Marvin (Filippin)
-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) - Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya) 
+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) - Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston) 

Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi finalda eng ko‘p vakilga ega jamoa bo‘lib turibdi. Qozog‘iston va Hindiston termalaridan 4 nafardan vakil qatnashadi, Janubiy Koreyadan esa ikki bokschi oltin medal uchun imkoniyatni saqlab qolgan. Yana beshta mamlakatning bir nafardan sportchilari hal qiluvchi janglarda ishtirok etadi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid