Jahon | 13:00 / 26.04.2019
13836
2 daqiqa o‘qiladi

Makron Shengen hududidan bir nechta mamlakatni chiqarib yuborishni taklif qildi

Foto: AP Photo/Michel Euler

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Shengen hududini isloh qilishga chaqirdi, sababi qochqinlarni taqsimlash to‘g‘risidagi Dublin bitimi endi ishlamayapti. U bu haqda payshanba kuni Parijda milliy debatlar yakuni bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

«Shengenni chuqur qayta tashkil etish kerak, hatto bu kichik miqdordagi davlatlar ishtirokida bo‘lsa ham, amalga oshirilishi kerak», - dedi Makron. U migratsiya siyosati sohasida yetarlicha hamkorlik qilmayotgan Shengen hududidagi qator davlatlarni tanqid qilgan.

«Umumiy chegaralar, Shengen, Dublin bitimi endi ishlamayapti», - dedi Makron. Uning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya masalasini hal qilish iqlim o‘zgarishi muammosidan kam ahamiyatga ega emas. 

«Ochiq bo‘lish uchun chegara kerak, qabul qilish uchun - uy bo‘lishi lozim, bu esa chegaralar degani. Iqlim muammosi bilan bir qatorda, migratsiya masalasi ham men uchun Yevropadagi o‘ta muhim chaqiriq sanaladi», - dedi Makron.

Bundan oldin, Makron Shengen hududini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgandi.

Mavzuga oid