O‘zbekiston | 11:32 / 27.04.2019
6092
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Omskda mevalarni tarqatish bo‘yicha markaz barpo etmoqchi

Foto: Flickr

O‘zbekiston Omskda logistika markazi va o‘zida ishlab chiqarilgan mevalar, quruq mevalar hamda ziravorlarni tarqatish bo‘yicha omborxona tashkil etishni taklif qilgani ma'lum bo‘ldi. 

BK xabariga ko‘ra, ushbu mahsulotlarni o‘zbek biznesi Omskga yetkazib berishga tayyor turibdi.

Shuningdek, omsklik ishbilarmonlarga yaqinda amalga oshirilgan biznes-missiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, jumladan, sabzavotlar va mevalarni quritish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish taklifi kelib tushgan.

Bundan oldin, Peterburgda O‘zbekistondan katta miqdordagi yangi sabzavot mahsulotlarini olib kirish taqiqlangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid