Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi yaratiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
fazoviy ma'lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, qo‘llab turish va rivojlantirish sohasidagi davlat boshqaruvi;
Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish sohasidagi faoliyatning barcha sub'yektlari tomonidan davlat axborot resurslari va yangi bazaviy fazoviy ma'lumotlarni yaratishda reglamentlangan koordinatalar tizimidan hamda mavjud bazaviy fazoviy ma'lumotlardan foydalanilishi shartligi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, atrof-muhitni va tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik, davlat boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizligini ta'minlashning ustuvor vazifalarini hal qilishga Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish jarayonlarini bo‘ysunganligi;
bazaviy fazoviy ma'lumotlar to‘plamlarini yaratish va yangilashning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;
fazoviy ma'lumotlarni yaratish, yangilash, ishlov berish, saqlash, taqdim etish, integratsiya qilish va foydalanishni ta'minlovchi administrator, fazoviy ma'lumotlarni ishlab chiquvchilari, saqlovchilari, foydalanuvchilari va administratori faoliyatining muvofiqlashtirilishi;
barcha geofazoviy obektlar bo‘yicha fazoviy ma'lumotlarni shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
davlat axborot resurslarini yaratishda geofazoviy obektlarni koordinatalar yordamida ta'riflash shartligi;
fazoviy ma'lumotlarni yaratish, foydalanish va sifatini nazorat qilish tartibotlarini standartlashtirish;
fazoviy ma'lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi texnik reglamentlar va milliy standartlarni tegishli xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish;
fazoviy ma'lumotlarning dolzarbligi, to‘liqligi, aniqligi, ishonchligi, yaxlitligi, asoslanganligi, mosligi va rasmiyligi;
bazaviy va ixtisoslashgan fazoviy ma'lumotlarning integratsiyalanishi;
fazoviy ma'lumotlarni yaratish, dolzarblashtirish, saqlash va taqdim etishda axborot xavfsizligini ta'minlash;
axborot xavfsizligi talablarini inobatga olgan holda ularning geoaxborot tizimlarida, resurslarida va ma'lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan va davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan axborot va ma'lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining integratsion platformasiga taqdim etilishini ta'minlanishligi;
fazoviy ma'lumotlar servislarining, fazoviy ma'lumotlar to‘plamlari va ularning metama'lumotlarini interoperabelligi (o‘zaro mosligi);
bazaviy fazoviy ma'lumotlar hamda metama'lumotlarning barcha manfaatdor foydalanuvchilar uchun ochiqligi va ommaviyligi, ularni to‘plash, saqlash, olish va tarqatishning qonuniyligi;
ochiq ma'lumotlarni e'lon qilish orqali Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi shaffofligini ta'minlash;
Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi yaratilishidagi bosqichliligi;
Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi amal qilishining muddatsizligi;
Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi axborot xavfsizligi hamda uzluksiz ishlashini ta'minlanishi;
Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi.
Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish sohasidagi faoliyat obektlari geofazoviy obektlar, geodeziya va kartografiya materiallari va ma'lumotlari, fazoviy ma'lumotlar va metama'lumotlar bazalari, geoaxborot tizimlari va geoaxborot resurslaridir.
Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish sohasidagi faoliyat sub'yektlari quyidagilardir:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi - O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
o‘z vakolatiga ko‘ra geodeziya va kartografiya faoliyatini tartibga soladigan boshqa davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
administrator;
yuridik va jismoniy shaxslar – fazoviy ma'lumotlarni ishlab chiquvchilari;
yuridik va jismoniy shaxslar – fazoviy ma'lumotlar saqlovchilari;
foydalanuvchilar.
Mazkur moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish sohasidagi faoliyat sub'yektlari Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasining tashkiliy tuzilmasini tashkil qiladi.
Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasini yaratish, amal qilishi va rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli organ, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, boshqa davlat organlari, shu jumladan o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
12:20 / 06.03.2025
Ko‘changiz asfalt qilinmagan, ichimlik suvi va kanalizatsiya yo‘qmi? Bu haqda Telegram orqali xabar bering
16:46 / 29.01.2025