Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyalik 72 yoshli sayyoh Atlantika okeanini bochkada kesib o‘tdi
Fransiyalik sayyoh Jan-Jak Saven Atlantika okeanini bochkada suzib kesib o‘tdi, deb xabar berdi Frans Press agentligi sayyohning elektron maktubiga tayanib.
Avvalroq 72 yoshli erkak Kanar orollari tarkibiga kiruvchi El Yyerro orolidan suzishni boshlagani xabar qilingandi. Sayyoh uch oydan so‘ng – 2019 yil martida Karib orollariga yetib borishni mo‘ljallagandi. U uzunligi uch, diametri ikki metr va og‘irligi 450 kilogramm bo‘lgan bochkada sayohatga otlangan.
"Oradan 122 kun va to‘qqiz soat o‘tgach, men meridianni kesib o‘tdim, bu Karib dengizida ekanligimni bildiradi. Okeanni kesib o‘tish nihoyasiga yetdi. Barchaga tashakkur", - deya iqtibos keltiradi agentlik Jan-Jak Savendan.
U bochkani tark etish uchun port topmoqchi ekanligini, ayni paytda "Florida yo‘nalishida suzayotganini" ma'lum qilgan.
Sayyoh kelgucida La-Mansh bo‘g‘ozidan suzib o‘tmoqchiligini bildirgan.
Mavzuga oid
18:46 / 21.06.2023
«Titan» batiskafini qidirish: qutqaruvchilar «suv ostidagi shovqinlar»ni payqashgan
14:26 / 17.11.2022
Plastik ifloslanish: dengiz jonivorlarining 900 dan ortiq turi xavf ostida
21:54 / 24.08.2022
Eng yosh uchuvchi olti oyda dunyoni aylanib chiqdi
23:57 / 17.06.2021