Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonliklar ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketdi
27 aprel kuni Rossiyaning Saratov oblasti Rtishchevo rayoni hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
«Saratov24» nashri ma'lumotiga ko‘ra, «Saratov-Tambov» trassasida Tambovga ketayotgan mashinada yetti nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan.
Davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan Lada Largus avtomobili rayon markazidan 45 kilometr uzoqlikdagi Rtishchevo—Tambov avtomobil yo‘lida YTHga uchragan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTH haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ro‘y bergan. Oqibatda avtomobil yo‘l chetiga chiqib ketgan va ag‘darilgan.


Yo‘lovchilarning barchasi tirik, faqat bir nafari jiddiy jarohatlangan, uning qo‘li singan va bel sohasiga zarar yetgan. Ayni vaqtda u shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan yo‘lovchilar esa tibbiy yordam olish bilan kifoyalanishib, shifoxonaga yotishni istashmagan.
Mavzuga oid
09:09 / 11.02.2025
Ukraina dronlari Saratov oblastiga hujum qildi
21:41 / 27.12.2024
Rossiyaning Saratov oblastida migrantlarga yana 3 sohada ishlash taqiqlandi
15:52 / 11.12.2024
Saratov oblastida harbiy aerodromga hujum haqida ma’lum qilindi
14:35 / 26.08.2024