Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotadagi koloniyada podpolkovnik o‘z xonasida osilgan holda topildi
Qator nashrlarda Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining Toshkent viloyati manzil koloniyasi Jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik Asomxo‘ja Abrorov 26 apreldan 27 aprelga o‘tar kechasi o‘z kabinetida arqon bilan osilgan holatda topilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz ushbu ma'lumotga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bog‘landi.
U hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv olib borilayotganini ma'lum qildi.
«Hozirda Asomxo‘ja Abrorovning suitsid holati bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi», - deya aytib o‘tdi Surayyo Rahmonova.
Xabarlarga ko‘ra, marhum podpolkovnik bundan bir oy oldin Toshkent viloyati Ohangaron shahri IIB boshlig‘ining 1- o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinib, Zangiotadagi qamoqxonaga ishga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
23:02 / 18.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi
11:38 / 25.11.2024