Sport | 02:02 / 02.05.2019
28215
1 daqiqa o‘qiladi

YeChL. Messining dubli "Barselona"ga "Liverpul" ustidan yirik g‘alaba keltirdi

Foto: Reuters

Chempionlar ligasi yarimfinali doirasidagi ikkinchi juftlik o‘yini o‘tkazildi. 

"Barselona" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0.

26-daqiqada Suares hisobni ochdi. 75- hamda 82-daqiqalarda Messi dublga erishib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta'minladi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 7 may kuni o‘tkaziladi. 

Barselona Ispaniya – Liverpul Angliya 3:0

Gollar: 1:0 – 26 Suares, 2:0 – 75 Messi, 3:0 – 82 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Alenya, 90), Langle, Rakitich, Buskets, Vidal, Koutino (Nelson Semedu, 60), Messi, Suares (Dembele, 90).
Liverpul – Alisson, Matip, Roberson, Gomes, van Deyk, Keyta (Xenderson, 24), Fabino, Veynaldum (Firmino, 79), Milner (Origi, 85), Mane, Salax.
Ogohlantirishlar: Langle (39), Fabino (81), Suares (81), Alba (86).

Mavzuga oid