Sport | 01:51 / 05.05.2019
14699
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. "Barselona" safarda mag‘lubiyatga uchradi

Foto: Reuters

Ispaniya chempionati 36-turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar nihoyasiga yetdi. 

"Barselona" safarda "Selta"ga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

67-daqiqada Maksi Gomes hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Aspas penaltidan unumli foydalanib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

"Alaves" esa o‘z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

O‘yindagi yagona gol 24-daqiqada Manu Garsiya tomonidan kiritildi. 

Selta – Barselona 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 67 Maksi Gomes, 2:0 – 88, penalti Aspas.
Selta – Blanko, Malo, Kabral, Arauxo, Olasa, Yokushlu, Lobotka, Budebuz (Xosabed, 85), Bufal (Brais Mendes, 71), Aspas, Maksi Gomes (Beltran, 90).
Barselona – Sillessen, Vage, Vermalen, Umtiti, Malkom, Artur (Vidal, 62), Dembele (Kolyado, 6), Alenya, Boateng, Puch, Todibo (Murilo, 68).
Ogohlantirishlar: Vermalen (14), Umtiti (29), Bufal (31), Todibo (55), Boateng (72), Vidal (79).

Alaves – Real Sosedad 0:1 (0:1, 0:0)

Gol: 0:1 – 24, avtogol Manu Garsiya.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid