Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi
2019 yil 1-choragida O‘zbekiston Markaziy banki 6,2 tonna oltin sotib, bu borada dunyo yetakchisiga aylandi. Bunday ma'lumotni Jahon oltin kengashi (World Gold Council) o‘zining navbatdagi dokladida keltirgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida oltin sotish bo‘yicha 2-o‘rinni 3,4 tonna oltin eksport qilgan Mo‘g‘uliston, 3-o‘rinni 1 tonna oltin sotgan Tojikiston egallagan.
Avvalroq yilning 1-choragida jahon davlatlari milliy banklari oxirgi 6 yil ichidagi rekord hajmdagi – 145,5 tonna oltin sotib olgani ma'lum qilingandi. Bu hajm 2018 yilning shu davriga nisbatan 68 foiz ko‘proqni tashkil qilgan.
Ma'lum qilinganidek, oltin sotib olish bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilib, qimmatbaho metalldan 55,3 tonna sotib olib, o‘z oltin zaxiralari hajmini 2168,3 tonnagacha yetkazib qo‘ygan. Shuningdek, Turkiya (40,1 tonna), Xitoy (33 tonna), Qozog‘iston (11,2 tonna), Ekvador (10,6 tonna), Qatar (9,4 tonna), Hindiston (8,4 tonna) va Kolumbiya (6,1 tonna) faol ravishda oltin sotib olgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025