Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika ta'limiga oid yangi qaror imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilingan.
Hujjat bilan quyidagilar tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari deb hisoblanadi:
birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari uchun umumiy amaliyot vrachlari ichidan ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish;
tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta'limi jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish;
tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy ta'lim bilan to‘liq qamrab olinishini ta'minlash;
tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni ta'minlash;
tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydoniga integratsiya qilinishini ta'minlash;
kadrlarni tayyorlash, ta'lim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilishning uzluksizligini ta'minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining klinikalari, o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025