Jamiyat | 23:19 / 08.05.2019
31819
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripovga kvartira sovg‘a qilindi

9 may - Xotira va qadrlash kuni O‘zbekiston xalqi uchun o‘zgacha bayramdir. Bu kun nafaqat Ikkinchi jahon urushi faxriylari va ishtirokchilari, balki o‘z hayot yo‘li bilan hurmat qozongan insonlar ham ardoqlanadi, ular holidan xabar olinadi.
 
Bunday insonlardan biri – taniqli sirk artisti, sirk sulolasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripovdir. 9 may kuni arafasida Hakim Zaripovga ajoyib sovg‘a – kvartira berildi. Yangi kvartiraning kalitlarini tantanali ravishda xalq artistiga Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev topshirdi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.  

“Hakim Zaripov – har tomonlama noyob insondir. Tasavvur qiling-a, u o‘zining yengil bo‘lmagan va uzoq hayotining 80 yilini hayotining bosh ishi – sirkka baxshida qilgan. Bugun ham, Zaripov 96 yoshiga qaramay ishlashda davom etmoqda”, deb ta'kidlab o‘tilgan hokimlik matbuot xizmatida.  

Hakim Zaripov qariyb 80 yildan beri sirk manejida ot ustida tomosha ko‘rsatib keladi. Salkam bir asr yashab qo‘yganiga qaramay, hozirda ham “O‘zbek davlat sirki”da faoliyat yuritib kelmoqda.

U uzoq yillar o‘z oilasi bilan yotoqxonada yashab kelgan. Bugun esa prezidentimiz tomonidan vatan ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari uchun Hakim Zaripov munosib taqdirlandi va yangi xonadonga ega bo‘ldi.

Mavzuga oid