Tallin obidalari bo‘ylab sayohat
Boltiqbo‘yi – turizm uchun jozibador maskanlardan. Estoniya poytaxti Tallinda tashrif buyurish kerak bo‘lgan qiziqarli joylar talaygina.
Qayta ta'mirlashdan keyin haqiqiy Ijod shahriga aylangan Telliskivini barcha zamonaviy narsalar markazi deb atash mumkin. U yerda badiiy va texnik ko‘rgazmalarga borish va bozorlar bo‘ylab sayr qilish mumkin.
Qachonlardir yopiq bo‘lgan teleminora mehmonlarni o‘zining futuristik ichki dizayni va interaktiv ekspozitsiyalaridan bahra olishga taklif etadi.
Tabiat bog‘larida sayr qilishni istaganlar uchun Kadriorg bog‘idan yaxshisi topilmaydi. Unga Pyotr I davridayoq asos solingan. Ana o‘sha vaqtda saroy qurilgan va gullar bog‘i yaratilgan. Landshaftga Oqqushlar ko‘li yanada chiroy bag‘ishlaydi. Bog‘da XVIII asrdagi manzara saqlab qolingan.
Dam olish kunlaridagi hordiq uchun Roterman kvartali ajoyib joyga aylanadi. Bugun bu yerda odamlar ishlaydigan, xaridlar qiladigan va dam oladigan savdo hududlari mavjud.
Tallin o‘zining o‘rta asr arxitekturasi bilan ham qiziq. Qadimgi davr muhitiga sho‘ng‘ish uchun ko‘chalar bo‘ylab sayr qilish mumkin.
Uus Maailm tumani romantik yoki «Yangi olam» deb ataladi. Bu joyda shahar hududini tashkillashtirishga hissa qo‘shish istagidagi yoshlar to‘planishadi.
Faol hordiq uchun shahardagi Pirita plyajini taklif etish mumkin. Bu yerda voleybol o‘ynaydilar, jazirama kunlarda esa suvga sho‘ng‘ishadi. Unda akula va boshqa xavfli suv jonzotlari yo‘q.
Daniya qiroli bog‘i o‘zining tabiati bilan maftun etadi.
Qadimiy Tallinga yuqoridan nazar solish kishini hayratga soladi. Toompea yoki Koxtuotsadagi tomosha maydonlarida shaharni zavq bilan kuzatish mumkin. Mahalliy aholi va sayyohlar bu yerga kelishni juda yoqtirishadi.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
23:10 / 24.10.2024
2024 yilda chet elga sayohatga borgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
11:00 / 09.10.2024
Amerikalik ayol bor mulkini sotib, orzusidagi sayohatga chipta olgandi. Ammo unga kemaga chiqish taqiqlandi
16:26 / 08.10.2024