Jahon | 07:34 / 09.05.2019
5309
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyaning sobiq prezidentini panjara ortiga qaytarishga qaror qilindi – OAV   

Foto: EPA-EFE/Joedson Alves

Rio-de-Janeyro federal sudi Braziliyaning sobiq prezidenti Mishel Temerni bir qator korrupsiya ishlari tergovi vaqtiga hibsga olishga qaror qildi. Bu haqda Folha de São Paulo nashri xabar berdi. 

21 mart kuni Temer korrupsiya bilan shug‘ullangan jinoiy tashkilotni boshqarish gumoni bilan San-Pauluda hibsga olingandi, biroq 4 kundan keyin qo‘yib yuborilgan. Bir necha kundan keyin unga Rio-de-Janeyro sohilbo‘yida Angra atom elektr stansiyalari majmuasi bilan bog‘liq korrupsiya bo‘yicha yangi ayblovlar qo‘yilgan.

Ma'lum qilinishicha, sudyalar 2 ta ovozga qarshi bitta ovoz bilan sobiq prezident tergov vaqtiga hibsga olinishi kerakligiga rozi bo‘lishgan. Shunday qaror harbiy politsiyaning iste'fodagi polkovnigi Joau Batista Limaga nisbatan ham chiqarilgan.

Mavzuga oid