Sport | 22:25 / 10.05.2019
6637
2 daqiqa o‘qiladi

Superliga. «Nasaf» o‘z maydonida «Qizilqum»ni mag‘lub etolmadi

Superligada 8-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Nasaf» Qarshida «Qizilqum» bilan bellashdi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan tugadi.

49-daqiqada Bobojonov gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 51-daqiqada Murtazoyev o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi.

Bu natijadan so‘ng, «Nasaf» 11 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi, «Qizilqum» esa 9 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Superliga, 8-tur
10 may, Qarshi
NASAF (Qarshi) – QIZILQUM (Navoiy) 1:1
Gollar: Murtazoyev (51) – Bobojonov (49)
Hakamlar: Sherzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov, Shuhrat Rajabov
Nasaf: 35. Abduvaxid Ne'matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Azizjon G‘aniyev, 8. Dilshod Saitov, 9. Xumoyun Murtozayev, 17. Doniyorjon Narzullayev, 18. Bobir Davlatov, 19. Sardor Abduraimov, 20. Islom Kenjaboyev, 28. Xurshidbek Muxtorov, 92. Umarbek Eshmurodov
Qizilqum: 22. Artem Makosin, 4. Erkin Baydullayev, 7. Murodbek Bobojonov, 17. Salim Mustafoyev, 18. Eldor Baymatov, 21. Muxsinjon Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 36. Xurshidjon Olimov, 44. Maqsud Karimov, 99. Ariagner Smit Medina

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid