Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti lavozimi uchun 7 nomzod kurash olib boradi
Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasi 9 iyunda o‘tadigan prezident saylovlariga nomzodlarni ro‘yxatga olish natijalarini ma'lum qildi. Bu haqda saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Konstantin Petrov ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, saylov komissiyasi nomzodlarni qabul qilishni muddatdan avval yakunlagan. Saylovlarda 7 nomzod ishtirok etadigan bo‘ldi.
Ulardan 4 nafari partiyalar tomonidan ilgari surilgan. Ular: amaldagi prezident, “Nur Otan” partiyasidan ilgari surilgan Qosim-Jomart Toqayev; “Aq jol” partiyasidan nomzod, parlament quyi palatasi – Majilis deputati Daniya Yespayeva; Majilis deputati, Qozog‘iston Kommunistik xalq partiyasi nomzodi Jambil Axmetbekov va “Xalq-demokratik vatanparvarlik partiyasi “Auil”dan nomzod Toleutay Raximbekov.
Yana 3 nomzod jamoatchilik birlashmalari tomonidan ilgari surilgan. Ular: jamoat arbobi, jurnalist Amirjon Kosanov; yozuvchi va jamoat arbobi Sadibek Tugel; G‘arbiy Qozog‘iston viloyati kasaba uyushmalari hududiy birlashmasi raisi Amangeldi Taspixov.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025