Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litvada prezident saylovlarining 2-bosqichi o‘tadigan bo‘ldi
Litvada 12 may kuni o‘tgan prezident saylovlarida nomzodlarning birortasi g‘alaba uchun zaruriy bo‘lgan 51 foiz ovozni to‘play olmadi.
Prezident lavozimi uchun 9 nomzod da'vogarlik qilgan. Mustaqil nomzod Gitanas Nauseda 30 foizdan ko‘proq ovoz bilan yetakchi bo‘lgan. 2-o‘rinni 1 foiz kamroq ovoz to‘plagan, sobiq moliya vaziri Ingrida Shimonite egallagan. Aynan shu ikki nomzod 26 may kuni o‘tadigan hal qiluvchi 2-bosqichda ishtirok etadi.
Yana bir nomzod – bosh vazir Saulyus Skvernyalis 20 foiz to‘plab, keyingi bosqichga chiqa olmaganini mag‘lubiyat deb hisoblab, 12 iyulda iste'foga chiqishga va'da bergan. “Bu menga odamlarning ishonchi yo‘qligini, men hukumatni boshqara olmasligimni anglatadi”, deb aytgan amaldagi bosh vazir.
Litvada prezident saylovlari bilan birga ikki fuqarolikni kiritish va parlamentdagi deputatlar korpusini 15 foizga qisqartirish bo‘yicha referendumlar ham o‘tkazilgandi. Biroq referendumlar saylovchilar ishtiroki past bo‘lgani sababli bo‘lib o‘tmagan deb topilgan.
Mavzuga oid
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
15:31 / 16.04.2025